"Barselona" o'zining rasmiy tvitter sahifasida Ispaniya chempionatining 27-turi doirasida "Real Sosedad"ga qarshi o'yin uchun qaydnomani e'lon qildi.Yarim himoyachi Artur jarohat sababli bugungi uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Uning o'rniga tarkibga Riki Puch tarkibga kiritildi.«Barcelona»ning «Real Sosedad»ga qarshi o'yin uchun kengaytirilgan tarkibiDarvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen, NetuHimoyachilar: Nelson Semedu, Jerar Pike, Kleman Langle, Xordi Alba, Samuel Umtiti, Xunior FirpoYarim himoyachilar: Ivan Rakitich, Serxio Buskets, Frenki de Yong, Arturo Vidal, Aleks Kolyado, Riki PuchHujumchilar: Lionel Messi, Antuan Grizmann, Ansuman Fati, Martin BreytueytUchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan soat 22.30da boshlanadi.