[b]La Liga 27-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida «Real Sosedad» klubini qabul qildi. «Kamp Nou» stadionida kechgan bahs mezbonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golga 81-daqiqada kataloniyaliklar forvardi Lionel Messi mualliflik qildi. Bu argentinalik forvardning 474-o‘yindagi 438-goliga aylandi. Shunday qilib, Messi kuchli beshlik chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Bu borada Leo Krishtianu Ronalduni ortda qoldirib, rekord o‘rnatdi. «Yuventus»ning portugaliyalik forvardi hisobida 540 o‘yinda kiritilgan 437 ta gol mavjud. Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsumda La Liga doirasida 22 o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.[/b]