[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-550260_original.jpg[/readimg] Ispaniya chempionati 27-turi doirasidagi Madridning "Real" klubi "Betis" mehmoni bo'ldi va alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Hisob o'yinning 40-daqiqasida mezbonlar tomonidan ochildi. Tanaffusga chiqishdan oldin Marselo ishlagan penaltini Karim Benzema muvaffaqiyatli amalga oshirib, uchrashuvda muvozanatni tikladi. O'yinda yakuniy hisobni " Barselona"ning sobiq futbolchisi Kristian Telo 82-daqiqada o'rnatdi - 2:1. SHu tariqa "qirollik klubi"ning muvaffaqiyatsizligi " Barselona"ning bir turdan keyin yana chempionat peshqadamiga aylanishi uchun asos bo'ldi.