«Barselona» klubi mavsum yakunlanganidan so‘ng yarim himoyachi Ivan Rakitichni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, «ko‘k-anorranglilar» xorvatiyalik futbolchini sotish uchun yozgi transfer eng qulay deb hisoblamoqda. 32 yoshli futbolchiga «Atletiko», PSJ va «Yuventus» tomonidan qiziqishlar mavjud. Ivanning o‘zi esa «Barselona»ni tark etishni istamayapti. Rakitich ushbu mavsumda «Barsa» safida barcha musobaqalar doirasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golga uzatma berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga yetadi. Manba: Marca