Barcelona
[readimg]https://as01.epimg.net/en/imagenes/2019/12/07/football/1575756171_444692_1575756331_noticia_normal_recorte1.jpg[/readimg]
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi yaqin kelajakda Kataloniya klubini tark etmaydi.
Leo bu haqda klub rahbariyatiga ma’lum qildi. Messi o‘zining jonajon jamoasi bilan yangi shartnoma imzolashni xohlayapti.
«Ko‘k-anorranglilar» xo‘jayinlari esa bir yo‘la ikki yillik shartnomani rasmiylashtirishni xohlashmoqda.
Oldinroq, klub futbolchiga yiliga 50 million yevrolik maosh taklif qilmoqchi ekanligi haqida xabarlar yangragan edi.
Messi joriy mavsum La Ligada 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 12 ta assist qayd etdi.
Manba: As.com
UB
Fikrlar 1
Qoladi