Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasida «Barselona» – «Napoli» uchrashuvi muxlislarsiz o‘tkaziladi.

"Marca" nashri xabariga ko‘ra, bunday qaror hukumat vakillari va kataloniyaliklar klubi rasmiylari uchrashuvida qabul qilingan. Bu chora COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish bilan bog‘liq.

«Barselona» – «Napoli» uchrashuvi 18 mart kuni Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida o‘tkaziladi. Jamoalarning Neapolda kechgan birinchi uchrashuvida kuchlar teng kelgandi - 1:1.

Manbaa: tribuna.uz