Ivan Rakitich Kataloniya klubida o'yin amaliyoti kamligidan nolidi. “Mendan to'p bilan o'ynash imkoniyatini olib qo'yishdi, buni qabul qilish juda og'ir. Futbol men uchun ko'ngilxushlik qilish mumkin bo'lgan yagona narsa edi. Men futbol o'ynabgina rohatlanishim mumkin”, — deydi Rakitich. Ma'lumot uchun, Ivanning xizmatlariga “Yuventus”, “Manchester Yunayted” va “Inter” da'vogar bo'lib turibdi. Manba: FootballHD