
Sud «Barselona» himoyachisi Samuel Umtitini 32 ming evro miqdorida jarimaga tortdi. Gap shundaki, frantsiyalik futbolchi ijaraga olingan uyda yashaydi. Uyning egasi esa Umtitini uning mulkiga shikast etkazishda aybladi. Sudga berilgan da'voda, shuningdek, mulk egasi o'yinchini muntazam ravishda sershovqin kechalarni tashkillashtirishda aybladi. Samuel o'z aybini tan olmaslikka harakat qildi. Shunga qaramay, u jarima to'laydigan bo'ldi.
Fikrlar 0