"Barselona" xorvatiyalik futbolchi bilan xayrlashishni xohlaydi. TV3 xabariga ko'ra, kataloniyaliklar qishki transfer oynasi vaqtida yarim himoyachi Ivan Rakitichni Turinning "Yuventus" klubi vingeri Duglas Kosta bilan almashtirish masalasani muhokama qilgan. "Keksa sinora" " Barselona" xavbekiga anchadan buyon qiziqish bildirayotgandi, ammo bu safar ham tomonlar o'zaro kelisha olishmagan. Malumot uchun, 32 yoshli Rakitich "ko'k-anorranglilar" jamoasi safiga 2014 yilda "Sevilya"dan kelib qo'shilgan edi.