«Barselona» rahbariyati bosh murabbiy Ernesto Valverdeni iste’foga chiqarganidan afsusda. Bu haqda jurnalist Eduardo Inda El Chiringuito nashriga bergan intervyusida gapirdi. Kataloniyaliklar Setenni taklif qilish uchun Valverdeni ishdan bo‘shatish xato ekanini tan olishmoqda. Agar Chempionlar Ligasida g‘alaba qozona olmasa, «Barselona» Kikeni ham iste’foga chiqaradi. Uni hatto Ispaniya chempionatidagi g‘alaba ham qutqarib qololmaydi. Eslatib o‘tamiz, Seten yanvar oyining boshida Valverde o‘rniga tayinlangan edi.