Angliyalik sobiq himoyachi, ayni damda televidenieda ekspert bo'lib ishlayotgan Rio Ferdinand "Liverpul"ning "Atletiko"ga qarshi javob o'yinidagi imkoniyatlari haqida gapirdi.

«Mersisaydliklarda o'tgan mavsumdan qolgan tajriba bor. Yurgen Kloppning "Barselona"ga qarshi uy o'yinini eslang. "Kamp Nou"dagi omadsizlikdan keyin ko'pchilik "Liverpul"ni hisobdan chiqarib qo'ygandi. Ammo yakunda nima bo'lganini bilasiz.

Menimcha, «Liverpul» EChLda ishtirokini davom ettirish uchun yaxshi imkoniyatga ega», — dedi Ferdinand.