[b]Ispaniya futbol federatsiyasi mamlakatda avj olayotgan koronavirus sababa La Liga va Segunda uchrashuvlarini to‘xtatib qo‘ymoqchi. Bu haqda Cadena SER nashri xabar tarqatmoqda. Tez orada federatsiya, La Liga va futbolchilar assotsiatsiyasi rahbariyati o‘zaro uchrashib, chempionatni to‘xtatish masalasini muhokama qilishadi. Aytish lozimki, hozirgi kunda Ispaniyada koronavirusga chalinganlar soni 2 mingdan ortib ketdi. Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ispaniya chempionatining yaqin 2 ta turi muxlislarsiz o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.[/b]