"Liverpul" va "Tottenxem" klublari bu yilgi EChLda nimchorak finaldayoq turnirni tark etishdi. Ta'kidlash kerakki, ushbu jamoalar o'tgan mavsum finalida o'zaro to'qnash kelishgandi. Bu bilan EChLdagi 13 yillik antirekord yangilandi — finalda o'ynagan jamoalar keyingi mavsumda nimchorak finalda to'xtashdi. Oxirgi marta bunday natija "Barselona" va "Arsenal" bilan 2006/07 yillardagi mavsumda qayd etilgandi. "Barselona"ni o'shanda "Liverpul", "kanonirlar"ni esa PSV to'xtatgandi.