Transferi huquqi «Barselona»ga tegishli bo‘lgan Arda Turan Lionel Messi va Andres Inesta haqida gapirdi. «Messi haqida gapirishning hojati yo‘q. U – men birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi. Biroq Inesta o‘zgacha uslubdagi futbolchidir. Uning insoniy xislatlari va to‘p bilan qanday muomalada bo‘lishi meni hayratga solardi», – deb Turanning so‘zlarini keltirmoqda Goal. Ma’lumot uchun, 2018 yilda Turkiyaning «Istanbul» klubiga 2,5 yil muddatga ijara asosida o‘tgan Turan joriy mavsumda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, biron marta samarali harakat qilmagan. Manba: Goal