[b]UEFA Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining 2019/20 yilgi mavsum bellashuvlarini to‘xtatadi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda. Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Yevropa futbol ittifoqi bu borada qarorni qabul qilib bo‘lgan va tez orada rasman e’lon qiladi. Musobaqalarning to‘xtalishiga sabab koronavirusning qit’ada keng tarqalishi bilan bog‘liq. Aytish kerakki, hozirgi kungacha sayyoramizning 126 ming nafar inson ushbu virusni yuqtirib olgan. Ularning 4,5 mingdan ortig‘i o‘lim bilan yakunlangan.[/b]