[b]UEFA Evropa chempionlar ligasining ushbu mavsumini oxiriga etkazib qo'yishning turli variantlarini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda L’Equipe xabar tarqatdi. Asosiy g'oyalardan biri — o'yinlar sonini qisqartirish. Unga ko'ra, chorak final bosqichi faqat bitta o'yindan iborat bo'ladi. Bu uchrashuv yo neytral maydonda, yoki qur'a tanlagan jamoa stadionida o'tkaziladi. UEFA yarim final bosqichi o'rniga mini-turnir tashkil qilib, EChL g'olibini aniqlashi mumkin. Ushbu mavsumda evrokuboklarning keyingi taqdiri borasidagi yakuniy qaror 17 mart, seshanba kuni qabul qilinadi.[/b] Manba:stadion.uz