Braziliya terma jamoasi va “Barselona” klubi sobiq hujumchisi Ronaldinyo ayni damda Paragvay qamoqxonasida jazo muddatini oʼtayotganidan xabaringiz bor.
"JCNET" nashri tarqatgan xabarga koʼra, 39 yoshli futbol yulduzi qamoqxonada koronavirusga qarshi tibbiy tekshiruvdan oʼtkazilgan. Natijalar esa unda ushbu virus yoʼqligini koʼrsatgan.
Soxta pasport bilan qoʼlga tushgan Ronaldinyo va uning akasi taxminan yarim yil umrini qamoqda oʼtkazishi aytilmoqda.
Manbaa: sports.uz
Fikrlar 1
Alloh asrasin