Kataloniyaning «Barselona» klubi darvozabon Mark-Аndre ter Shtegen bilan shartnomani uzaytirish boʼyicha muzokaralar olib bormoqda.

"Mundo Deportivo"ning xabariga koʼra, klub sport direktori Erik Аbidal germaniyalik futbolchining agenti Gerd fon Bruch bilan uchrashib, yangi kelishuv shartlarini muhokama qilgan. «Barsa» 27 yoshli posbon bilan shartnomani 4-5 yil muddatga uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Maʼlumot uchun, Ter Shtegen ushbu mavsumda "La Liga"da 26ta bellashuvda maydonga tushib, 20ta gol oʼtkazib yuborgan va oʼz hisobiga 6ta «quruq» oʼyin yozdirib qoʼygan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilgacha moʼljallangan.

Manbaa: tribuna.uz