Barcelona
[readimg]https://championat.asia/upload/storage/551706_original.jpg[/readimg]
"Xetafe" "Barselona" himoyachisi Mark Kukurelyani xarid qildi.
Kukurelya "Xetafe"da ijara asosida o'ynayotgan edi. Klub ijara shartnomasidagi futbolchini 6 million evroga sotib olish huquqidan foydalandi.
Bitimda keltirilishicha, "Barsa" Kukurelyaning keyingi sotuvidan 40%ini o'ziniki qiladi.
Kukurelya joriy mavsum "Xetafe" libosida La Ligada 26ta o'yinda maydonga tushib, 5ta assist qayd etdi.
22 yoshli futbolchi " Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo asosiy jamoada umuman maydonga tushmagan.
Eslatib o'tamiz, Markga "Tottenxem", "Arsenal" va "Bayer" klublari ham qiziqish bildirayotgan edi.
UB
Fikrlar 1
Afsus