[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-551748_original.jpg[/readimg] "Barselona" yaxshilangan shartlar bilan jamoa darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor. Kataloniyaliklar germaniyalik darvozabonga 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilishmoqchi. Bunda Mark-Andrening maoshi bonuslardan tashqari yiliga 6,3 million evroni tashkil etadi. Tomonlar allaqachon muzokaralarga kirishishgan. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. Ter SHtegenning " Barselona" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.