"Manchester Yunayted" va "Real"ning sobiq hujumchisi Rud van Nistelroy "Barselona" hujumchisi Lionel Messi haqida gapirib o'tdi.

"Hech kim Messi bilan tenglasha olmaydi.

Ronaldu - to'purar, Inesta - miya, Salah, Mane, Azar va Mbappe - ajoyib futbolchilar, ammo Messi ularning jamlanmasi. Uning darajasida bo'lgan o'yinchi yo'q", - dedi Van Nistelroy.