«Barselona» va «Real» klublari Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi yarimhimoyachisi Umar Beyazga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda "Goal.com."
Manbada aytilishicha, Ispaniya klublari yozgi transfer vaqtida futbolchini sotib olish variantini koʼrib chiqmoqdalar. Bundan tashqari, xavbekni «MYu» ham oʼz safiga qoʼshib olish niyatida.
Maʼlumot uchun, 16 yoshli Beyaz «Fenerbaxche» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu mavsumda Istambul klubining yoshlar jamoasida 14ta oʼyin oʼtkazib, 2ta golli uzatma qayd etgan. Beyaz shuningdek Turkiyaning "U17" oʼsmirlar jamoasi safida 10ta bellashuvda maydonga tushib, 5ta golga hammualiflik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning yozida oʼz nihoyasiga yetadi.
Manbaa: tribuna.uz
Fikrlar 0