Ijara asosida «Xetafe»da oʼynayotgan, aslida «Barselona»ga tegishli boʼlgan Mark Kukurelya Madrid klubi tarkibida qolishi mumkin.
"Marca"ning xabar berishicha, «Xetafe» ijara bitimida koʼrsatilgan banddan foydalanib, Kukurelyani 6 mln yevroga sotib olmoqchi.
Shuningdek, «Barselona» futbolchining keyingi transferidan 40% ulush oladi.
Аvvalroq, «Tottenhem», «Аrsenal» va «Bayer» ximoyachi uchun Kataloniya klubiga 25 mln yevro toʼlashga tayyorligi haqida aytilgandi.
Bu mavsumda 21 yoshli futbolchi La Liga doirasida 26ta oʼyin oʼtkazib, 5ta golga hammualliflik qildi.
Fikrlar 0