UEFA raddiya berdi: Tashkilot mamlakatlar chempionlari aniqlash huquqiga ega emas. Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) manbasi "AS" nashri orqali tarqatilgan xabarni inkor qildi. Ispan nashri, tashkilot ayni paytda Evropa milliy chempionatlarida peshqadam bo'lib turgan klublarni chempion sifatida tan olishini yozib chiqqan edi. UEFA esa milliy chempionatlarda qaysidir klubga sovrin taqdim qilish vakolatiga ega emasligini ta'kidlagan. Bu masala mahalliy futbol assotsiatsiyalari tomonidan hal etilishini ma'lum qilgan. Manba:stadion.uz