[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-551834_original.jpg[/readimg] “Xetafe” futbolchini sotib olish huquqidan foydalandi. Mark Kukurelya “Xetafe” safida ijara asosida to'p tepayotgan edi. “Marca” xabariga ko'ra, klub futbolchini “ Barselona”dan 6 mln evro evaziga to'la sotib olgan. Agar “Xetafe” Kukurelyani sotadigan bo'lsa, transfer summasining 40 foizi “ Barselona”ga tegadi. 21 yoshli Mark “Xetafe” safida hozirgacha 34 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.