Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
"Barselona" Umtitini "Manchester Yunayted" ga sotishga umid qilmoqda
[readimg]https://cdn.livesport.ru/l/football/2020/02/04/umtiti/picture.jpg?1580837613[/readimg]
"Barselona" himoyachisi Samuel Umtitini transferga qo'ydi va bu klub byudjetini to'ldirishning yaxshi usuli deb biladi. 26 yoshli fransiyalik futbolchi "ko’k anorranglilar" bilan 2023 yilgacha 500 million yevro miqdoridagi tovon puli shartnomasi bilan bog'liq. Albatta, uni bunday narhda sotishni imkoni yo’q va 10 baravar arzonlashtiriladi.
O'tgan yili Umtiti uzoq vaqt davomida tizzasini davolagan va kataloniyaliklar uning o'rnini izlashga majbur bo'lishgan. Bundan tashqari, davolanish strategiyasi nuqtai nazaridan tomonlar o'rtasida tushunmovchilik yuzaga keldi, himoyachi operatsiyani rad etdi.
Diario Sport xabariga ko'ra,"Barselona" Umtitini "Manchester Yunayted"ga sotishga tayyorlanmoqda. 4 yil oldin "ko’k anorranglilar" Umtitini 25 million yevroga Liondan sotib olgan edi.
Manba: Diario Sport
UB
Fikrlar 0