[b]"Ko'k-anorranglilar" rahbariyati Semeduga ishonmaydi. "Marca" nashri xabariga ko'ra, "Barselona" yozda mudofaa chizig'ining o'ng qanotini kuchaytirishni birlamchi maqsad deb biladi. Xabaringiz bor, Serxi Roberto maydon markaziga ko'chirilgach, jamoada bittagina o'ng qanot himoyachisi qoldi (Semedu). Katalon klubi skautlari mazkur pozitsiyaga munosib nomzod qidirishni boshlab yuborishgan. Ta'kidlash lozimki, "Barselona" rahbariyatining nigohi anchadan buyon Joshua Kimmix ("Bavariya") va Serj Orega ("Tottenxem") qaratilgan. Manba: Marca[/b]