Barcelona
[readimg]https://static.sports.uz/crop/baf1f46cf664514cc00e692cc0c2c380.jpg[/readimg]
Kataloniyaliklar etakchi futbolchilarini klubda olib qolmoqchi.
"Barselona" Marka-Andre ter Stegen i Nelson Semeduga yaxshilangan shartnoma taklif etmoqchi. Klub Lionel Messi bilan yangi kelishuvga erishib bo‘lganidan so‘ng bu masalani ko‘tarmoqchi.
Ikkala futbolchining klub bilan shartnomasi 2022-yilda yakuniga etadi. Ammo "Barselona" futbolchilarning shartnomalarini yaxshilab berishga tayyor.
27-yoshli germaniyalik golkiper Mark-Andre ter Stegen katalonlar safida 2014-yildan buyon to‘p suradi. 25-yoshli portugaliyalik himoyachi Nelson Semedu "ko‘k-anor rangliklar" tarkibiga "Benfika"dan 2017-yil iyulida kelib qo‘shilgan. O‘tgan yozda "Atletiko" "Barselona"ga Samedu transferi bo‘yicha taklif bilan chiqqan, biroq rad javobini olishgan.
UB
Fikrlar 0