Barcelona
[blue]Bugun UEFA videokonferentsiya tashkil qilib, mavsumning qolgan qismi borasida bir qator qarorlar qabul qildi.
Koronavirus bilan bog'liq vaziyat yumshab, Evropa milliy chempionatlari va evrokuboklarning ushbu mavsumini yakunlab qo'yish uchun imkoniyat yuzaga kelsa, an'anaviy taqvimdan voz kechilishi mumkin. Ya'ni, milliy chempionatlar o'yinlari hafta o'rtasida, Chempionlar ligasi va Evropa ligasi bahslari esa dam olish kunlari o'tkazilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, EChL finali 27 iyun, Evropa ligasi final o'yini esa 24 iyun kuniga belgilandi.[/blue]
Manba:stadion.uz
UB
Fikrlar 0