Barcelona
[readimg]http://cdn.tribuna.uz/uploads/Mc/2mASHx4AOGpeWqHNQ1gyW5OWDvAsMJ_normal.jpg[/readimg]
«PSJ» hujumchisi Neymar jamoadagi ichki muhit haqida gapirdi.
«Bu yerda muhit doim ajoyib bo‘lgan. Bu yil jamoada suhbatlashish va tinglashni xush ko‘radigan odamlar ko‘proq. Biz e’tiborli va iqtidorli yigitlarni to‘pladik. Bu yil «PSJ» uchun yaxshi o‘tishi kerak.
Jamoada do‘stlaringiz bo‘lishi muhimdir. 2-3 o‘yinchi bilan yaxshi munosabat o‘rnatishingiz mumkin, ammo jamoada ajoyib muhit bo‘lishi uchun hamma bilan umumiy til topishishingiz kerak.
Mbappe bilan ingliz tilida suhbatlashamiz. U – yosh, quvnoq, baxtli inson. Maydonda ham, uning tashqarisida ham bizda hammasi yaxshi. Bir-birimizga yordam beramiz, bu jamoamizga ta’sir qiladi va g‘alaba qozonishimizni osonlashtiradi», –deb Neymarning so‘zlarini keltiradi Otro.
UB
Fikrlar 2
[b] DjHuSo, [/b] :kul:
:past: