Barcelona
[readimg]https://vnn-imgs-f.vgcloud.vn/2020/03/18/10/arsenal-gian-soi-mau-vi-barca-ve-van-aubameyang.jpg[/readimg]
Londonning “Arsenal” klubi hujumchi Per-Emerik Obameyang faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin.
Diario Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” rahbariyati 30 yoshli gabonlik futbolchini 55 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq, “ko‘k-anor ranglilar” muzokaralar davomida ushbu narxni yanada tushirishmoqchi.
Per-Emerik Obameyang joriy mavsum “Arsenal” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Manba: Diario Sport
UB
Fikrlar 0