"Barselona" "Inter" futbolchisi Lautaro Martines uchun so'ralayotgan pulni to'liq to'lay olmaydi. Moliyaviy feyr-pley bunga yo'l qo'ymaydi. Ayni damda klublar futbolchi almashishlari mumkin. "Inter" Martinesning transferiga "Barselona" a'zosi Artur qo'shilishini istayapti. Ma'lumot uchun, Artur Kataloniya klubi taktikasida muhim o'yinchi hisoblanadi.