[blue]Niderlandiya terma jamoasi ustozi Ronald Kuman "Barselona"ni shu yilda qabul qila olmaydi. Muammo 56 yoshli murabbiyning terma jamoa bilan tuzgan shartnomasida. U Evro-2020 so'nggiga qadar amal qiladi, musobaqa keyingi yilga ko'chirilganini hisobga olsak, shartnoma o'z-o'zidan kamida bir yilga qadar uzayadi. Kumanning terma bilan tuzgan shartnomasida aniq bir muddat ko'rsatilmagan. Faqatgina Evro-2020 yakuniga qadar degan band bor. Eslatib o'tamiz, Kuman futbolchilik faoliyati davrida 1989-1995 yillar davomida Niderlandiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.[/blue]