[blue]KPMG konsalting kompaniyasi koronavirus pandemiyasi tufayli Evropaning kuchli besh chempionatlari qancha zarar ko'rishini hisoblab chiqdi. Hisob-kitoblarga ko'ra, Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Frantsiya chempionatlarining umumiy zarari 3.45 mlrd evrodan 4 mlrd evrogacha etishi mumkin. Eng ko'p zarar APL hissasiga to'g'ri keladi. Ligalar zararlari taxminan quyidagacha bo'ladi: Angliya premer-ligasi — 1,35 mlrd evro. Ispaniya La ligasi — 600 mln evro. Italiya A seriyasi – 450 mln evro. Germaniya Bundesligasi — 400 mln evro Frantsiya Liga 1 – 200 mln evro Ushbu hisob-kitoblar Evropa chempionatini 2021 yilga ko'chirish haqida qaror e'lon qilinishidan avval qilingan. Chempionatlar mavsumni oxiriga etkazib qo'yishga muvaffaq bo'shlishsa, zarar miqdori kamayadi.[/blue] Manba:stadion.uz