"Barselona" hujumchisi Lionel Messi futbol o'yinlari to'xtatilgan paytda o'z tashqi ko'rinishini o'zgartirishga qaror qildi. Argentinalik futbolchining xotini Antonela Rokkutstso o'zining Instagram'dagi sahifasi orqali eri va uch farzandining suratini e'lon qildi. Suratda Messi soqoli olingani ko'zga tashlanadi. Shuningdek, oila davrasida uning yuzida kulgi balqib turibdi.