Xorvatiya milliy jamoasi yetakchilaridan biri Ivan Rakitich keyingi faoliyati borasida bir qarorga kelgan, deya yozadi "Calciomercato."
«Barselona» klubi aʼzosi ushbu mavsum yakunlariga koʼra, Kataloniya klubini tark etmoqchi. Manbaga binoan, xorvatiyalik yarimhimoyachi sobiq klubi «Sevilya» jamoasiga qaytmoqchi. Ivan Rakitich Аndalusiya klubida 2011- yildan 2014-yilga qadar toʼp surgan.
Maʼlumot uchun, «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning yozida yakunlanadigan Rakitichga Italiyaning «Inter» klubi ham qiziqish bildirmoqda. Katalon klubi bir yillik shartnomasi qolgan 30 yoshli futbolchini transfer oynasida 10-15 million yevroga sotishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar 0