[readimg]https://stadion.uz/images/news/virus.jpg[/readimg] Germaniyalik virusoglog Yonas Shmidt-Shanasitning fikricha, 2020 yilda Evropaga futbol qaytmaydi. Ma'lumki, hozirda faqat Belorus chempionati davom etmoqda. Boshqa barcha chempionatlar to'xtatilgan. "Aprelda chempionatlar tiklanishini kutishdan foyda yo'q. 2020 yilda Evropaga futbol qaytishi dargumon. Ishonchim komilki, hammasi faqat 2021 yilda boshlanadi", – dedi Yonas.