[b]UEFA mamlakatning barcha chempionatlarini 30 iyunga qadar yakunlashni rejalashtirmoqda. La Liga prezidenti Xaver Tebas may oyida o'yinlar tiklanishini taxmin qilmoqda. Uning fikricha, qolgan o'yinlarni o'tkazish uchun besh-yetti haftagacha vaqt ketadi. Cadena COPE ma'lumotlariga ko'ra La Liga prezidenti Xaver Tebas chempionat tiklanishi bilanoq qat’iy jadval tayyorlagan. Shubhasiz, UEFA tomonidan rejalashtirilganidek, 2019/2020 yil mavsumini 30 iyunga qadar yakunlash uchun o'yinlar har ikki kunda o'tkazilishi kerak. Tebas o'z rejasini payshanba kuni barcha 20 ta klublarning vakillari bilan uchrashuvida e'lon qildi, deya qo'shimcha qildi manba. Prezident optimist bo'lib qolmoqda, mavsumni o'z vaqtida yakunlash mumkin. Payshanba kuni, Tebas El Pais nashriga bergan intervyusida o'yinlar may oyida qayta tiklanishi mumkinligini aytgan edi. Prezidentning so'zlariga ko'ra, bu holda qolgan o'yinlarni o'tkazish uchun besh-yetti hafta kerak bo'ladi. Eslatib o'tamiz, Premer-liga barcha uchrashuvlarni rasman 30 aprelga qadar to'xtatib qo'ydi. La ligada yana 11 tur o’yinlari bo'lib o’tishi kerak. Yaqinda UEFA prezidenti Sheferin hozirgi liga rahbarlari chempion bo'lishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Hozirda "Barselona" La Liga jadvalining peshqadam bo’lib, "Real" dan ikki ochkoga oldinda bormoqda. "Barselona" ning qolgan o'yinlari ro’yhati: Mallorka-Barselona Barselona - Leganes Sevilya-Barselona Barselona Atletik Selta -Barselona Barselona - Atletiko Villarreal-Barselona Barselona-Espanyol Valladolid - Barselona Barselona - Osasuna Alaves-Barselona[/b]