
“Barselona” yarim himoyachisi Ivan Rakitich qishki transfer vaqtida “Yuventus” taklifini rad etgan.
Marca nashrining xabariga ko'ra, “keksa sinoralar” qishda xorvatiyalik futbolchi uchun 42 million evro taklif qilgan. “Barsa”ni bu taklif qoniqtirgan, biroq futbolchining o'zi Ispaniyada qolishni xohlagan.
Ma'lumotlarga ko'ra, 32 yoshli futbolchi yozda sobiq klubi “Sevilya”ga qaytadi.
Fikrlar 0