"Renn" futbolchisi Eduardo Kamavinga "Liverpul" klubining e'tiborini tortdi. "Qizillar" keyingi transfer oynasida futbolchi bilan shartnoma tuzishi mumkin. Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, "Liverpul" vakillari allaqachon "Renn" bilan bog'lanib, yarimhimoyachining transferini muhokama qilishgan. Bu 17yoshli bolakayga avvalroq "Barcelona" ham 50mln. evro to'lashi mumkinligi haqida xabar bergandik.