«Barselona» klubi sobiq himoyachisi Aleksandr Gleb zamonaviy futbol yulduzlari — Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning o'ziga xos jihatlari haqida aytib o'tdi.– Messi yoki Krishtianu Ronaldu?– Iqtidor tomonlama – Messi. Mehnatkashlik jihatdan – Ronaldu.– Umuman olganda-chi?– Agar ular birlashtirilsa, jahonning eng buyuk futbolchisi yuzaga kelgan bo'lardi. Menga Messi ko'proq yoqadi. Ammo Krishtianuda bor narsa Messida yo'q. Ronaldu shunday xarakter borki, u qaerga bormasin, etakchiga aylanadi va jamoani o'z ortidan ergashtiradi. U yutqazishni juda yomon ko'radi. E'tibor bering, Ronaldu yutqazayotganida juda asabiylashadi, baqiradi. Leo esa yutqazsa ham xotirjam turaveradi.