Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
Ferran Torres "Valensiya" bilan shartnoma taklifini rad etishini aytib o'tdi
[b]Ko'rinishidan, 20 yoshli futbolchi yozda “Barsa”ga o’tishga qaror qildi. Uni sotib olish uchun 100 million yevro to’lsh kerak, ammo "Barsa" Valensiya narxni tushirishiga umid qilmoqda, chunki futbolchining shartnomasi kelasi yozda tugaydi. Umidli vinger ushbu mavsumrda oltita gol urdi va ettita assisentlikni ta'minladi.
Goal xabariga ko'ra, Ferran Torres "Valensiya" ning ikkinchi shartnoma taklifini ham rad etdi. Los Che 20 yoshli futbolchini klubda qolishga ko'ndirishga urinib ko'rdi. Ammo Torres "Barsa"ga o’tishni ma'qul ko'rmoqda.
Torresning amaldagi shartnomasi 2021 yilda tugashi sababli, “Valensiya” bu yozda vingerni sotishdan boshqa chorasi qolmaydi, deya qo'shimcha qiladi manba. "Borussiya Dortmund" va "Yuventus" klublari ham ispaniyalikka da’vogar bo’lmoqda.
"Barselona" Torresning 100 million yevrolik narhi pasayishiga umid qilmoqda. "Valensiya" bu narxni pasaytirishga majbur, chunki kelasi mavsumda ozod agentga aylanishi mumkin. O'z navbatida, Los Che 20 yoshli futbolchini yana bir necha mavsumga olib qolishga tayyor, deya xulosa qiladi Goal.
Manba: Goal[/b]
UB
Fikrlar 0