[b]"Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga faoliyatini "Barselona" da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Sport.es. Manbaning xabariga ko'ra, jamoani yangilashni va yarim himoyada Yaya Ture o'yin uslubiga o'xshash ishonchli futbolchini sotib olishni rejalashtirgan. Kataloniya klubi 17 yoshli yarimhimoyachi transferini jiddiy ko'rib chiqmoqda. "Barselona" o'yinchining transfer qiymati 50 million yevroni tashkil qilishi mumkinligini tushunadi, ammo klub bu uchun kurashni faqat oqilona pul evaziga amalga oshiradi. Oldinroq Kamavingaga «Real», shuningdek, Dortmundning «Borussiya» klublari qiziqish bildirgan. Ushbu mavsumda Liga- 1da Kamavinga 25 ta o'yin o'tkazdi va "gol + pass" tizimida 3 (1 +2) ochko to'pladi. Manba: Sport.es[/b]