Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchi Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

"AS" nashrinig xabar berishicha, klub prezidenti Xosep Bartomeu 32 yoshli argentinalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolanishi klubning asosiy maqsadi ekanini aytgan.

Bartomeu avvalroq futbolchining otasi va agenti Xorxe Messi bilan uchrashib, kelishuv shartlarini muhokama qilmoqchi edi, biroq klub ichida roʼy bergan mojarolardan soʼng rejalarini oʼzgartirishga majbur boʼlgandi.   Maʼlumot uchun, tomonlarning amaldagi shartnomasi yozda oʼz nihoyasiga yetadi. Shartnomada Messining mavsum oxirida jamoadan tekinga ketishi mumkinligi toʼgʼrisida band mavjud edi.

Manbaa: tribuna.uz