«Barselona» klubi «Bavariya» himoyachisi David Аlaba xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
27 yoshli futbolchining myunxenliklar bilan imzolagan shartnomasi muddati 2021-yil yozida nihoyasiga yetadi.
«Bavariya» mavsum oxirida futbolchini sotib yuborishi ehtimoli bor. Аks holda u 1 yildan soʼng erkin agentga aylanib, istagan klubiga bepul oʼtishi mumkin boʼladi.
"Sport.es" xabariga koʼra, avstriyalikning vakillari kataloniyaliklar bilan transferni bir necha marta muhokama qilishgan. Biroq, «Barselona» yiliga 8 mln yevro oladigan Аlabaning maoshini koʼtara olmaydi. Uning transferiga aynan shu sabab toʼsqinlik qilishi mumkin.
Fikrlar 0