Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Fernando Torres o'zi bilan o'ynagan futbolchilardan ramziy terma jamoa tuzdi. Uning jamoasidan asosan "Barcelona"klubi va Ispaniya terma jamoasi futbolchilari joy oldi. Tarkib quyidagicha ko'rinishda bo'ldi: Darvozabon:Yan Oblak; Himoyachilar:Karles Puyol, Diego Godin, Jon Terri; Yarim himoyachilar:Xavi, Xaver Maskerano, Xabi Alonso, Stiven Jerrard, Andres Inesta; Hujumchilar:David Vilya, Torres. Torres o'tgan yili futbolchilik faoliyatini yakunladi. U faoliyatining katta qismini «Atletiko»da o'tkazgan. Fernando jahon va Evropa chempionligini qo'lga kiritgan. Manba:stadion.uz