[readimg]http://cdn.tribuna.uz/uploads/tS/8OIYyW5LXzkr25R9bWa5kGu4bMjwZb_normal.jpg[/readimg] «PSJ» klubi hujumchisi Neymar France Football nashri tomonidan nega «Oltin to‘p» da’vogarlari ro‘yxatiga kiritilmagani ma’lum bo‘ldi. Jurnal tahririyati futbolchining 2019 yilda jarohatlar tufayli juda ko‘p o‘yinlarni o‘tkazib yuborgani va Fransiya Kubogi finalida yutqazganidan so‘ng, muxlisni urganini hisobga olib, shunday qarorga kelgan. Bu mavsumda 27 yoshli futbolchi «PSJ» tarkibida barcha musobaqalarda 5ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan. «Oltin to‘p» sohibi 2 dekabr kuni Parijda e’lon qilinadi.