"Goal" nashri jurnalistlari 6 karra "Oltin to'p" sohibi Lionel Messining faoliyati davomida urgan gollari statistikasini taqdim etishdi. Ushbu ro'yxatda "Sevilya" (37) birinchi o'rinni egallab turgan bo'lsa, ikkinchi pog'onadan "Atletiko" (31) joy olgan, "Valensiya" (28), " RealMadrid" (26) va "Espanol" (25) kuchli beshlikni yakunlab bergan.