“Leyptsig” sport direktori Markus Kroshe jamoa etakchisi Timo Vernerga bo'layotgan qiziqishlar haqida fikr bildirib o'tdi. “Biz tan olamiz, Vernerga bir nechta katta klublar qiziqmoqda. U juda kuchli futbolchi, biroq biz uning kelajagidan xavotirda emasmiz. Biz uning ketishiga tayyormiz, jamoada uning o'rniga o'rinbosarlar bor”, -deydi Kroshe. Eslatib o'tamiz, futbolchi uchun kurashda "Liverpul" va "Barcelona" jamoalari yetakchilik qilmoqda. Manba:stadion.uz