Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen koronavirusning keskin tarqalishi sababli, barchani uyda qolishga chaqirdi.

"Barchaga sihat-salomatlik tilayman. Iltimos, qoidalarda rioya qiling va uyda qoling. Biz birgalikda koronavirusni engamiz", - deb post qoldirdi "Barselona" klubi darvozaboni o'zining "Twitter"dagi rasmiy sahifasida.